TABOBAT SANDIG`IDAN

TABOBAT SANDIG`IDAN

368
0

   ~ Milklar bo`shashib ketganda, qizil gul yoki anor gulini tuyib har kuni milklarga bosish tavsiya etiladi.

~ Tez-tez tish qamashsa og`izni semiz o`t damlamasi bilan chayqash lozim.

~ Tish og`riganda kelintili o`simligini chaynab turish ham shifo bo`ladi.

~ Tish og`riganda tishga ukrop urug`ini qo`yish ham foydalidir.

~ Ibn Sinoning takidlashicha, shotut bargini siqib, suvida og`iz chayilsa tish og`rig`i qoladi.

~ Bir dona sholg`omni qirg`ichdan o`tkazib bir payola suvda 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olingach, sharbatida og`iz chayilsa, zirqirab og`riyotgan tishga malham bo`ladi.

~ Bir hafta davomida tish tozalashda tish pastasidan emas, balki quritilgan sut (suxoe moloko, bozor rastalaridan toppish mumkin) dan foydalaning. Shunday qilsangiz, milklarning qonashi, og`izdan kelayotgan noxush hid, hatto tishdagi karashdan halos bo`lasiz.

~ 1-2 bo`lak sarimsoq maydalanadi, suvida paxta bo`lagini namlab, tish kovagiga qo`yilsa tish og`rig`I tezda qoladi.

1 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish