SHIRINTOY BOLAJONLARIMIZGA TISHLARINI YUVISHNI O`RGATAYLIK

SHIRINTOY BOLAJONLARIMIZGA TISHLARINI YUVISHNI O`RGATAYLIK

802
0

      Tishlar chiqishi bilan ularni tozalab turish kerak. Boshida qo`lning ko`rsatkich barmog`iga taqiladigan yumshoq  (silikatli) cho`tka bilan, keyin esa bolalar cho`tkasi bilan yuvish lozim. Tish pastasidan ikki yoshdan keyingina foydalanish mumkin. Shunda ham yoshiga to`g`ri keladigan, faqat bolalar uchun mo`ljallangan (yorlig`iga yozilgan bo`ladi) maxsus tish pastasidan foydalanish lozim. Tish cho`tkalarini har uch oyda yangisiga almashtirish va boshqa cho`tkalardan ajratib, g`ilofini yopiq holda saqlash kerak.

  Bolalarning mustaqil tish yuvishini o`rganishi uning rivojlanishiga ham bog`liq. Sakkiz oylik bola tish cho`tkasini og`ziga solib tishlashi, bir yoshli bola esa kattalarga taqlid qilib tishlarini yuvishi mumkin. Ammo tish yuvish muolajasini faqat ikki yoshdan keyingina bolaning o`ziga topshirish mumkin. Boshida unga tishlarni to`g`ri yuvish ko`rsatib turiladi, keyinchalik bola bu ko`nikmani juda tez o`zlashtirib oladi. Tish yuvishda asosiysi vaqtida – ertalab va kechki payt (yotishdan oldin) tishlarni muntazam yuvish kerakligi tushintirib boriladi.

1 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish