TISHLARIMIZNI DOIMO TOZA VA OZODA SAQLAYLIK!

TISHLARIMIZNI DOIMO TOZA VA OZODA SAQLAYLIK!

674
0

   Tishlarni mustaxkamlash, tish va milk kasallanishining oldini olish maqsadida kamida kuniga bir marta milkni massaj qilish kerak. Bu shunday qilinadi: o`ng qo`lning katta va ko`rsatkich barmog`i bilan yuqori jag`  milki yuqoridan pastga, pastkisi  pastdan yuqoriga qarab ishqalanadi.

  Siz doimo tishingizni tozalab turasiz, tishingiz sog`lom va sizni bezovta qilmaydi. Biroq kunlardan birida morojnoe yeganizda yoki issiq choy ichganizda tishingiz og`rib qoladi. Bu kariesning alomatlaridan biridir. Shunday hodisa ro`y berganda darhol stomatolog –vrachga borish kerak. Agar kasal tish o`z vaqtida davolanmasa, u holda kasallik protsessi atrofdagi to`qimalarga tarqalib ketishi va jag` hamda yuz yumshoq to`qimalarining yiringlab, yallig`lanishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu og`irkasallik odatda qattiq og`riq va baland harorat bilan kechadi. Endi yiringni chiqarib yuborish va bemor azobini yengillatish uchun xirurgik operatsiya qilish zarur bo`lib qoladi.

     Tishlarni to`g`ri parvarish qilishga qaramasdan, tish va milk sohasida tish toshi yig`ilishi mumkin, tish toshlarida mikrob juda ko`p (1 mg tish toshida yoki tishdagi karashda 800 mln ) bo`ladi.

  Tishlarning sog`lom bo`lishi uchun, hatto ular hozir og`rimayotgan bo`lsa ham, yiliga kamida 1-2 marta vrachga borib turish zarur. Bir nechta tish tushib ketgan bo`lsa, sun`iy tish yoki protez qo`ydirish kerak, shunda ovqat chaynash protsessi butunlay tiklandi, nutq yaxshi va odam chiroyli bo`ladi.  

2 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish