GERPETIK STOMATIT ni davolash

GERPETIK STOMATIT ni davolash

5222
0

     O`tkir gerpetik stomatit bilan turli yoshdagi bolalar og`rishadi. Kasallik bolalarning 6 oylikdan 3 yoshgacha bo`lgan davrida tez-tez kuzatiladi. Buning sababi shundaki, aynan shu davrda bola imuniteti endigina shakllanayotgan bo`ladi. 

      Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatiga kasallik virusi asosan havo- tomchi orqali, shuningdek, bemor bolaning o`yinchoqlari va boshqa buyumlaridan ikkinchi bolaga yuqadi. Odatda bog`cha yoki maktab yoshidagilar o`tkir yoki redsidiv (qaytalanuvchi) infeksiya manbaidirlar.

     Gerpetik stomatit o`tkir kechganda dastlab virusga qarshi va boshqa dori vositalari buyuriladi: masalan, interferon kuniga 5-6 marotaba 5 tomchidan og`izga tomiziladi, shuningdek, bonafton, tebrofen, florenal yoki oksolin surtmalari ovqatdan keyin va kechqurun jarohatga surtiladi.

 

      O`g`riqsizlantirish maqsadida og`iz bo`shlig`I shilliq qavatiga 3 % li anestezin surtmasini qo`llash mumkin, tish qatorlari yuzasi har kuni 2-3 marotaba dumaloqlamgan paxta bo`lagi yorgamida ovqat qoldiqlaridan tozalab boriladi.

      Bundan tashqari, giposensiblizirlovchi (organizmning allergenlarga sezuvchanligini kamaytirishga qaratilgan) dori vositalari tavsiya qilinadi. Mahalliy davo usulida tish qatorlaridagi jarohatlovchi nuqsonlar bartaraf etiladi.

   Kasallik og`ir darajada kechsa, bolalarni albatta pediatr nazorati ostida statsionar sharoitda davolash lozim.

   O`tkir gerpetik stomatitda davo usullarining samarali bo`lishida bolaning umumiy sog`lomligi, to`g`ri parvarishlanishi va unda surunkali kasalliklarning bor-yo`qligi muhum ahamiyatga ega.

   Unutmaslik kerakki, o`tkir gerpetik stomatitni to`g`ri va vaqtida samarali davolamaslik bola vujudida virusli infeksiyaning bir umr saqlanib qolishiga hamda vaqti – vaqti bilan qaytalanishiga sabab bo`ladi, shuningdek, bemor imuniteti susayadi. Bu holat esa bola organizmida turli salbiy o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Natijada tez-tez qaytalanuvchi holat  - o`g`iz bo`shlig`ining retsidiv aftoz stomatiti kelib chiqadi.

   O`tkir gerpetik stomatit  bilan og`rigan bolalarni stomatolog davolaydi, kasallikning og`ir darajali kechishida pediatr  bilan birgalikda davo choralari qo`llaniladi.

  Bolaning tezda tuzalishi uchun ota-onaning nazorati va to`g`ri parvarishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagilarga e`tabor qarating:

  Kasallik yuquvchanligini inobatga olib, o`tkir gerpetik stomatitning dastlabki kunidan boshlab bemorni atrofdagi bolalardan ajratib qo`ying . Idish- tovoq , o`yinchoq va kiyimlarini ham alohida qiling.

   Bola kasallikni yuqtirgan davrda ko`proq o`rinda yotishi, vrachning barcha ko`rsatmalariga amal qilishi, ayniqsa, maxsus parhezga roiya etishi lozimligini bemorga uqtiring.

   Bemorni yangi sabzavotlardan tayyorlangan qaynatmalar, go`shtli yoki baliqli sho`rvalar ichiring, yog`siz tvorog , issiq sut, chuchuk qatiq, qaynatilgan tuxum ham berish foydali. Shuningdek, ho`l mevalarning sharbatlarini ichirsangiz unga quvvat bag`iishlaydi.

   Go`dak bemorlarni emizishdan avval albatta og`iz bo`shlig`I shilliq qavatlarni og`riqsizlantiruvchi dorilar (masalan, vrach tavsiyasiga ko`ra, anestezin surtmasi ) dan foydalaning. Bola ona ko`kragini 3-4 mahaldan ko`p emmasligi kerak. Emizishlar oralig`ida unga iliq suyuqliklar ichirib turing.

   O`tkir gerpetik stomatit dori-darmon qo`llangani bilan baribir tuzalavermasa va kasallik tez-tez qaytalasa bolani mutaxassis shifokorga ko`rsating.           

9 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish