OG`IZDAGI OG`RIQLAR

OG`IZDAGI OG`RIQLAR

6731
7

  Og`iz bo`shlig`i kasalliklari mustaqil, shuningdek, boshqa kasalliklar  ( qizamiq, gripp, qizilcha, og`iz oqarishi ) ning belgisi bo`lishi mumkin. Agarda yallig`lanish tilde bo`lsa – GLOSSIT, milkda bo`lsa- GINGIVIT, labda va tangalyda bo`lsa – AFTOZ deyiladi. Bu kasalliklarning har birida o`ziga xos belgilar mavjud. Og`iz yallig`lanishi moddalar almashinuvi kasalliklari (organizmda vitaminlar almashinuvining yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar: avitaminoz, qandli diabet, asab va ichki organlar kasalliklari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi) oqibatida paydo bo`ladi. Chekish , spirtli ichimliklarga ruju qo`yish, juda issiq yoki sovuq, nordon vas ho`r ovqatlarni ko`p iste`mol qilish ham og`iz bo`shlig`ining  yallig`lanishiga sababchi bo`ladi.Ayrim hollarda balog`atga yetish davrida , aql tishining chiqishi qiyinlashganda ham og`iz bo`shlig`i yallig`lanishi mumkin. Og`iz bo`shlig`I yallig`langanda, shilliq qavat qizaradi, biroz shishadi, ovqat yeganda og`riydi. Og`izdagi yarali nevrotik yallig`lanish ko`pincha bolalarda, ba`zan kattalarda ham uchraydi. Bunda og`izdan qo`lansa hid keladi, pastki jag` limfa bezlari kattalashadi, ovqat yeyish qiyinlashadi. Tanglay yallig`lanishi esa ko`pincha oshqozon – ichak va jigar kasalliklari bilan kechishi isbotlangan. Bunda umumiy holsizlik, og`riq kuzatiladi, og`izda sarg`imtir parda bilan qoplangan yuzaki yaralar hosil bo`ladi, harorat ko`tariladi, ovqat yeyish va gapirish qiyinlashadi. Bu kasallik bilan ko`pincha 1-3 yoshli bolalar kasallanishadi. Ayrim dori moddalari, shuningdek, kimyoviy moddalar ta`sirida ham og`iz bo`shlig`I yallig`lanadi. Zamburug`li yallig`lanish antibiotiklarni tartibsiz qabul qilish tufayli keksa kishilar, chala nimjon tug`ilgan bolalarda kuzatiladi. Hozirgi kunda tish protezlarini noto`g`ri qo`yilishi natijasida og`iz bo`shlig`ida yallig`lanib, yuzaga kelgan yaralar o`z vaqtida davolanmaganligi oqibatida yaralar bir – biriga qo`shilib ancha joyni egallaydi. Og`iz bo`shlig`idagi yallig`lanish va og`riqni yo`qotish uchun organizmdagi kasalliklarni o`z vaqtida davolash, og`iz bo`shlig`i ozodaligiga jiddiy e`tabor berish lozim.    

10 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish