Tish kasalligi - PARODONTOZ haqida.

Tish kasalligi - PARODONTOZ haqida.

17798
11

   Parodontoz so’zi yunoncha ‘’para’’ – yonida, atrofida va ‘’odontos’’ – tish ma’nolarini anglatadi. Parodontoz- alveolyar pioreya- tish atrofidagi to’qimalar (parodont) ning xronik yallig’lanishi. Parodontoz bilan asosan o’rta va katta yoshdagi kishilar kasallanadi, bazan yoshlarda, xatto bolalarda ham uchraydi. Yangi meva va sabzavotlarni yetarli istemol qilmaydigan kishilar  ( vitamin A va P yetishmovchiligi0 , hususan shimoldagilarning PARODONTOZ bilan ko’proq kasallanishi kuzatilgan. Parodontoz parodont tomirlari va nervlarning buzilishi yiki kasallanishi natijasida tish atrifidagi to’qimalarning qon bilan yetarli ta’minlanmasligi oqibatida vujudga keladi. Kasallangan tishlarni olib tashlagandan keyin qolgan tishlarga ovqat chaynaganda zo’r kelishi, tishda tosh yig’ilishi, tishni noto’g’ri parvarish qilish, noto’g’ri tishlash, sun’iy tishlarni to’g’ri qo’ymaslik, shunungdek organizmning umumiy kasalliklari parodontozga sabab bo’lishi mumkin. Parodontozda tishning suyak to’qimasi asta- sekin so’riladi, tishlar qimirlab qoladi; bu xolat bitta yoki bir yo’la birnecha tishlarda ro’y berishi mumkin. Kasallik bilinear-bilinmas boshlanadi; milkda achishish, qichishish va tomir urishi seziladi. So’ngra tish bo’yni ochilib qoladi, ba’zan milk yallig’lanib shishadi, qizaradi; tish cho’tka bilan yuvilganda yoki qattiqroq ovqat iste’mol qilinganda milk qonaydi. Og’izdan qo’lansa xid keladi. Kasalllikning oldi olinmasa, milk yallig’lanadi- GINGIVIT kelib chiqadi. Milkdan yiring ajraladi (pioreya), tishlar ildizi oochilib, ular qimirlaydigan bo’lib qoladi, ko’rinishidan sog’lom tish asta sekin qimirlab tushib ketadi. Parodontoz natijasida ovqat chaynashva hazm qilish buziladi. Bemorga individual va kompleks davo qilinadi; stomatolog vrach ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilish kerak; tish toshlarini tozalash, milkni davolash, tishlarni protezlash, organizmning umumiy xolatini mustaxkamlash va boshqalar kasalliklarga davo qilish lozim.

  Vrach buyurmagan dori-darmonlarni qo’llamaslik kerak. Uyda vrach ko’rsatmasi bo’yicha achchiq choy yoki dub po’stlog’I qaynatmasi (2 osh qoshiq dub po’stlog’ini 1 stakan qaynoq suvga solib, 20-30 min dan so’ng dokadan suzib olinadi) bilan har kuni og’izni chayib turish mumkin. Parodontoz xronik kasallik bo’lishiga qaramay, o’z vaqtida davo qilinsa, avj olib ketmaydi.

  Parodontozning oldini olishda kundalik ovqat turi va tarkibi muxum ahamiyatga ega; qattiq ovqatlar milkni tabiiy massaj qikadi va yumshoq tish qtalamlaridan tozalaydi. Ovqatdan keyin servitamin meva va sabzavotlar (sabzi, olma, bodiring, turp, rediska, qora smorodina) yeb turish foydali.

   Yo’q tishlar o’rniga o’z vaqtida tish qo’ydirish ovqat chaynaganda tishlarga ortiqcha zo’r kelishidan saqlab, parodontozning oldini oladi. Tishni tozalaganda milkni massaj qilish foydali; uni tozalab yuvilgan o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan 3-5 min yuqoriga va pastga xarakat qildiriladi; so’ngra og’izni moychechak sharbati yoki (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) bilan chayiladi.

40 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish