O`TKIR TISH OG`RIG`INING YUZAGA KELISH SABABLARI

O`TKIR TISH OG`RIG`INING YUZAGA KELISH SABABLARI

9797
3

Og`riq tish bo`shlig`iga infeksiya kirishida:

~ insonda karies aspratlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatda inson og`riqni og`izga issiq-sovuq ovqat, suv ta`sir qilganda sezadi;

~ tish bo`yinchasining ochilib qolishi, noto`g`ri plombalangan tish ham insonga ko`p aziyat beradi.

~ tishlardagi yoriqchalar, pulpit: tishning pulpasi yallig`langanda tishdagi og`riq doimiy bo`ladi. Bunday og`riqqa bemor uzoq vaqt chiday olmaydi. Tishda parodontit kasalligi yuzaga kelganda ham domiy va keskin og`riq yuzaga keladi. Bunda milk shishib tish qimirlaydi.

  Tish og`rig`ining havfli tomoni shundaki, og`riq kamaygan yoki o`tib ketgan taqdirda ham, bunga loqaydlik bilan qarab bo`lmaydi. Chunki bu hol jarayon o`tkir holidan surunkalisiga o`tganidan dalolat beradi. Bu esa tishda-absess, flegmona, osteomielit kabi jiddiy zo`rayishlarga olib kelishi mumkin. Bazi hollarda jag`ning shishi, burun-tomoqning qattiq yallig`lanishi, markaziy asab tizimi kasalliklari ham tishdagi og`riqni keltirishi mumkin.

     Agar o`tkir tish og`rig`i tunda, dam olish kunlari yoki tish shifokori bo`lmagan joyda yuzaga kelsa, bemor o`ziga-o`zi birinchi tibbiy yordam ko`rsatishi kerak:

 ~  Og`iz bo`shlig`ini – ovqat qoldiqlaridan tozalanadi: buning uchun 1 osh qoshiq mavrak o`tiga bir payola qaynoq suv quyib yarim soat tindiriladi. Iliq damlamada og`izni chayib, og`riyotgan tish oldida ko`proq ushlab turiladi. Muolaja yarim soat davomida birnecha bor qaytariladi. Uyda mavrak bo`lmagan taqdirda tish tuzli yoki iste`mol sodasining 0,5-2 % eritmasida chayiladi. Og`riq qoldiruvchi dori vositalaridan analgin, ibuprofen kabilardan 1 tabletka qabul qilinadi. Ammo imkon tug`ilishi bilan albatta tish shifokoriga uchrash zarur!

17 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish